eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • SHHTga aʼzo davlatlarning AKT sohasi rahbarlari bilan videokonferensaloqa orqali birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi
    25.11.2021

    Joriy yilning 25-noyabr kuni O‘zbekiston tomoni raisligida videokonferensaloqa orqali Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlari bilan birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda SHHTga a’zo davlatlarning vazirlik va idoralari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

    Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ochib berdi. Vazir o‘rinbosari taʼkidlaganidek, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, sunʼiy intellektni ilgʻor rivojlantirish Vazirlikning barcha tashkilotlari va davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Ushbu tadbir SHHTga aʼzo davlatlarning AKT sohasida rivojlanishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshadi va bu yerda qabul qilingan qarorlar kelajagi va SHHTning global infokommunikatsiya hamjamiyatidagi rolini yanada oshirishga xizmat qiladi.

    Uchrashuv davomida ishtirokchilar SHHTga aʼzo davlatlarning raqamli rivojlanish sohasidagi koʻp tomonlama hamkorligini yanada mustahkamlashga oid keng koʻlamli masalalarni muhokama qildilar. SHHT doirasida muntazam tajriba almashish, xususan, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT ta’lim, IT-industriyani rivojlantirish, IT-sanoatdagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash, sun’iy intellekt, shuningdek, radiochastota spektrini boshqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi va fikr almashildi.

    Shu bilan birga, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari, SHHTga aʼzo davlatlarda keng polosali infratuzilmaga asoslangan zamonaviy xizmatlarni joriy etish masalalari o‘rganildi. Shuningdek, tomonlar SHHTga aʼzo davlatlarning raqamli savodxonligini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik dasturini muhokama qildi.

    Tadbirda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh qotibi Vladimir Norov ishtirok etdi.