Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT sohasida AQSh bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi
    23.11.2021

    Bugun, 23-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Rosenblum bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida AKT sohasidagi dolzarb yo‘nalishlarida, jumladan, telekommunikatsiya, IT ta’lim, IT Park yo‘nalishidagi ishlar va Elektron hukumat sohalarida hamkorlik qilish masalalar muhokama qilindi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov ta’kidlaganidek, bugungi kunda AQSh xalqaro IT bozorida yetakchilik qilayotgan davlatlaridan biri. Va bu borada ikki mamlakat orasida ikki tomonlama hamkorlik qilish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

    AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi D. Rosenblum O‘zbekiston IT bozori yuqori salohiyatga egalini ta’kidladi va yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli raqamli islohotlarga ijobiy baho berdi.

    Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va QASh oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

     

    Manba: Axborot xizmati