Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida brifing bo‘lib o‘tdi
    24.11.2021

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xizmati rahbari Sh. Axmatov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

    Mazkur brifingda bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldiga telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘yilgan aniq vazifalar, har bir sohaning sifati va samaradorligi, aholiga qulayliklar yaratishda axborot texnologiyalarining oʻrni, keyingi vaqtda erishilgan yutuqlar toʻgʻrisida so’z yuritilib, infratuzilma loyihalarini amalga oshirilishi holati va qisqa muddatdagi rejalar boʻyicha maʼlumot berildi.  

    Bugungi kunda xalqaro internet tarmogʻiga ulanishning umumiy oʻtkazuvchanlik imkoniyatini 1 200 Gigabit/ sekundni tashkil etib, amalga oshirilayotgan loyihalar natijasida joriy yil yakuniga qadar umumiy oʻtkazuvchanlik imkoniyatini 1 800 Gigabit/sekundgacha kengaytiriladi.

    Hozirda mazkur koʻrsatkich viloyatlararo darajada 400 Gigabit/sekund, tumanlararo darajada esa 40 Gigabit/sekund bulib yil yakuniga qadar 1,5 barobarga oshiriladi.

    Telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish maqsadida qoʻshimcha 36,5 ming km. optik-tolali aloqa liniyalari qurildi. Yil yakuniga qadar qoʻshimcha 14 ming km. optik-tolali aloqa liniyalari qurilib 118,6 ming km.ga yetkaziladi.

    Telekommunikatsiya tarmogʻining optik-tolali aloqa liniyalari uzunligi 104,6 ming km dan 118,6 ming km.ga yetkaziladi. Aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini koʻrsatish qurilmalarining umumiy sigʻimi 3,0 mln.dan 3,6 mln.ga yetkaziladi.

    Mobil aloqa xizmatlarini rivojlantirish maqsadida, mobil internet tezligi 1,5 barobar oshirildi va joriy yilda 10 431 ta qoʻshimcha tayanch stansiyalari oʻrnatilib ularning soni 42 171 taga yetkazildi.

    Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 42,9 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 30,0 ming soʻmni tashkil etmoqda.  

    Respublikada raqamli infratuzilmani jadal rivojlantirish, shahar va qishloq hududlari oʻrtasidagi “raqamli tafovut”ni bartaraf etish hamda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

    Qaror 4 ta asosiy yoʻnalishni qamrab oladi.

    Birinchidan, optik tolali, radiorele aloqa liniyalarini hamda maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini qurish, keng polosali ulanish tarmogʻini rivojlantirish, mobil aloqa hamda boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni davom ettirish orqali telekommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

    Ikkinchidan, taʼlim muassasalarida telekommunikatsiyalar sohasidagi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sifatini yanada oshirish, taʼlim tizimiga masofaviy, onlayn va virtual oʻqitish texnologiyalarini joriy etish, onlayn kurslar uchun infratuzilmani rivojlantiriladi.

    Uchinchidan, Sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz va preferensiyalar berish orqali telekommunikatsiyalar sohasida raqobat muhitini rivojlantirishga qaratilgan.

    Toʻrtinchidan, telekommunikatsiya operator va provayderlarining oʻzaro munosabatini tartibga solishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va ularni qayta koʻrib chiqish orqali normativ-huquqiy baza takomillashtiriladi.

    Qarorga koʻra, 2022–2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllarini mobil aloqa qamrovi bilan taʼminlash reja-jadvali tasdiqlandi.

     Shunga koʻra, 2023-yilgacha, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning quyidagi asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilandi. Jumladan,

    -     xalqaro maʼlumotlar uzatish kanalining oʻtkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi;

    -      150 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilish hisobiga maʼlumotlar uzatish tarmogʻi kengaytiriladi;

    -     xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllarini mobil aloqa tarmoqlari bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash;

    -      optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xoʻjaliklarining kamida 80 foizi Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan taʼminlanadi.

     Shu bilan birga:

    -     Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari 2022-yil 1-yanvardan boshlab Internet jahon axborot tarmogʻiga keng polosali ulanish tarmoqlarini loyihalash va qurishda quyidagilar nazarda tutiladigan boʻldi.

    -     maʼmuriy binolar va koʻp kvartirali uylarni kamida 1 Gbit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan;

    -     taʼlim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Mbit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan taʼminlash.

    Hozirda Vazirlik rahbariyati oldiga Davlatimiz rahbari tomonidan sohani rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha dastur tayyorlash vazifasi qoʻyilgan. Eng asosiy vazifa iqtisodiyotimiz oʻsishi va yoshlarimizni qoʻshimcha daromad topishiga yordam berishdir.

    Vazirlik davlat-xususiy sherikchilik koʻrinishida boʻladimi yoki boshqacha revenue-sharing mexanizmi asosidami, har qanday takliflarni koʻrib chiqishga tayyor ekanlini maʼlum qiladi. Shu sababli, kimda bu yoʻnalishni rivojlantirish boʻyicha aniq taklif va loyihalari boʻlsa, ularni vazirlikning rasmiy sahifalariga joylangan onlayn forma orqali yuborishingizni mumkinligini maʼlum qilamiz.

    Soha faoliyatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish maqsadida aholining barcha qatlamidan yigʻilgan takliflar millatimiz kelajagi uchun naqadar muhim ekanligini shaxsan Vazirimiz nomidan aytib oʻtmoqchiman.

    ***

    Hozircha olib borilayotgan ishlar qisqacha shulardan iborat. Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi har doim hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini ma’lum qilamiz.