Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Elektron hukumat yo‘nalishida Qozog‘iston bilan o'zaro tajriba almashish masalalari muhokama etildi
    25.11.2021

    So‘nggi yillarda mamlakatda raqamli islohotlarni amalga oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda aholi farovonligini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan xalqaro hamkorliklar bugun o‘z natijasini bermoqda.

    Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazida Qozog‘iston Respublikasining “Zerde” Milliy infokommunikatsiya xoldingi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham ushbu jihatlarga alohida to‘xtalib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

    Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Bahrom Ziyayev va Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi direktori Baxtiyor Uglamov “Zerde” xoldingi boshqaruv raisi o‘rinbosari Marlen Sixayev boshchiligidagi mehmonlarni ikkala markaz faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishtirishdi.

    “O‘zbekistonda elektron hukumatini rivojlantirishda yaxshi ko‘rsatkichga erishgan Qozig‘iston tajribasini o‘rganishdan manfaatdormiz. Raqamli pasport, Face ID, aholi uchun eng dolzarb bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish, elektron hukumatning boshqa ustuvor yo‘nalishlarida tajribangiz va takliflaringiz bilan o‘rtoqlashishingiz biz uchun muhim” – deydi markaz rahbari Bahrom Ziyayev.

    Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, istiqboldagi rejalarni amalga oshirishda har ikki tomon bir-birini qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.

     

    Manba: Axborot xizmati