Bugun 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Matbuot kotibi Sh. Axmatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Ommaviy axborot vositalarida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ayrim ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar boshqacha talqinda tarqatilishi to'g'risida so'z olib borilib, ushbu maʼlumotlarga aniqlik kiritildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari matematika fani bo‘yicha Qo‘qon olimpiadasida go‘liblikni qo‘lga kiritdi.
Ommaviy axborot vositalarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ayrim ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqacha talqinda tarqatildi.Shundan kelib chiqib Vazirlik ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritib ma'lum qiladi.
13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan butun mamlakat bo‘ylab “Obod va ko‘rkam mahallam” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkazildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari mazkur tadbirda faol ishtirok etdilar.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tizimiga “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati joriy etildi.
2021-yil 26–28-mart kunlari “Online Startup Weekend Uzbekistan 2021” tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarni tashkil qilish ishlari izchil davom etmoqda. Shunday markazlardan biri Samarqand viloyatining Nurobod tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi.
O‘zbekiston elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Buyuk Britaniya davlat raqamli xizmatlari o‘rtasida raqamli hukumat sohasida hamkorlik boʼyicha Аnglashuv memorandumi imzolandi.
Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda. Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Surxondaryo viloyati Termiz tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi.
Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimligida viloyat davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomiga mas’ul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashini tashkil etish, shaxsiy mas’uliyatini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.