Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Samarqand filialida talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
    11.03.2023

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialida yangi qurilgan talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R. Qobilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Mahkamov, filial rahbar va xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

    Mazkur talabalar turar joyi “Gulom Xusen Building” MCHJ bilan hamkorlikda davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan bo‘lib, 400 o‘ringa mo‘ljallangan.

    Talabalar turar joyi 4 qavatdan iborat bo‘lib, unda kutubxona, madaniyat maskani, “Workout” maydonchasi mavjud. Shuningdek, tadbirkor tomonidan binoda talabalarga turar joy xizmatlari bilan birgalikda qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

    Manba: Axborot xizmati