Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “GLOBAL FACTS CENTRAL ASIA” MChJ rahbariyati bilan IT xizmatlar eksportini oshirish bo‘yicha takliflar berildi
    13.03.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Termiz shahrida joylashgan IT Park rezidenti “GLOBAL FACTS CENTRAL ASIA” MChJ faoliyatlari bilan tanishdi.

    Dastlab “GLOBAL FACTS CENTRAL ASIA” MChJ dasturchilar jamoasi faoliyati bilan tanishib, dasturiy mahsulotlar eksporti bo‘yicha qilinayotgan ishlar va jamoaning kelgusi rejalari tinglandi. Hozirgi kunda “GLOBAL FACTS CENTRAL ASIA” MChJda 16 nafar IT mutaxasislar foaliyat olib borishmoqda va 50 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlashgan.

    Tashrif davomida IT xizmatlar eksportini oshirish yuzasidan ham o‘zaro samarali muloqot bo‘lib o‘tdi.

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov kelgusida ham vazirlik tomonidan korxona faoliyati qo‘llab-quvatlanishini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati