Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Samarqandda yangi Qorasuv massiviga ko‘chib kelayotgan yoshlarni yuqori maoshli kasbga ega bo‘lishlari uchun IT park filialining qo‘shimcha binosi faoliyatini sifatli tashkil etish vazifalari belgilandi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Samarqand shahrida qad rostlagan yangi Qorasuv maskanida IT Park Samarqand filialining qo‘shimcha yangi binosi ta‘mirlash jarayoni bilan tanishdi.

21.07.2022

AKT vaziri "Prime Samarqand" BPO kompaniyasi asoschisi bilan ko‘proq yoshlarni masofaviy xizmatlar eksportiga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan “Prime Samarqand” BPO (Biznes jarayonlari autsorsingi) tashkilotchisi F. Amonov va boshqa vakillar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

21.07.2022

TATU Samarqand filiali binolarini ta’mirlash va yangi o‘quv yiliga tayyorlash jarayonlari bilan tanishildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga bordi.

20.07.2022

AKT vaziri Samarqandda yangi qurilayotgan turizm markazida telekommunikatsiya infratuzilmasini va AKT tizimlarini ishga tushirish ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatuvchi ishchi guruhini tashkil etdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Samarqand shahrida tashkil etilayotgan Samarqand turizm markazida telekommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

20.07.2022

Vazirlik tashabbusi bilan yangi loyihaga start berildi

2022-yil 19-iyul kuni Toshkentda ayollarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan «GAP» IT sohasida ayollar klubi loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

20.07.2022

Farg‘ona viloyatining olis hududlari optik tarmoq orqali yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanmoqda

Mamlakatimizda ijtimoiy tarmoqdan foydalanishga bo‘lgan talab ortib borayotgani sari yuqori tezlikdagi internetning kirib borishi ham hudud tanlayotgani yo‘q.

“O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasida bugungi kunda yurtimizning chekka qishloqlarida ham zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.

20.07.2022

Yevropa – O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) orqali Yevropa davlatlarining yirik IT kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilishda hamkorlik qilishga kelishildi

Bugun, 18-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) Bosh kotibi Oybek Shayxov bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

18.07.2022

Yaponiya Kompyuterlashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik Markazi orqali Yaponiyaning yirik IT kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 16-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yaponiya Kompyuterlashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik Markazining (CICC) Rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ijrochi direktori  U.Koichiro bilan uchrashuv o‘tkazdi.

16.07.2022

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari hamda Yevropa tashqi harakatlar xizmatining Markaziy Osiyo boshqarmasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 15-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Yevropa tashqi harakatlar xizmati Markaziy Osiyo boshqarmasi boshlig’i Dietmar Krissler bilan uchrashuv o‘tkazdi.

15.07.2022

“Time management — natija va samaradorlik kafolati” maxsus o‘quv kursi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarlari va xodimlari uchun “Time management – natija va samaradorlik kafolati” maxsus o‘quv kursi o‘tkazildi.

15.07.2022