Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqandda yangi Qorasuv massiviga ko‘chib kelayotgan yoshlarni yuqori maoshli kasbga ega bo‘lishlari uchun IT park filialining qo‘shimcha binosi faoliyatini sifatli tashkil etish vazifalari belgilandi
    21.07.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Samarqand shahrida qad rostlagan yangi Qorasuv maskanida IT Park Samarqand filialining qo‘shimcha yangi binosi ta‘mirlash jarayoni bilan tanishdi.

    Mazkur aholi maskani yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan iborat bo‘lib, aholi gavjum hisoblanadi. Unda IT Park Samarqand filialining bo‘limi tashkil etilishi maskanda istiqomat qiluvchi ko‘plab yoshlarning Samarqand shahrining markaziga bormasdan, ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

    Binoning qurilishi va zamonaviy tarzda ta`mirlanishi Samarqand viloyati hokimligi va “Agromir Buildings” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

    Mazkur bino 500 kv. metr maydondan iborat bo`lib, ishga tushgandan so‘ng kovorking zonasi, o‘quv xonalar va miting rumlardan tashkil topadi hamda 10 nafarga yaqin yoshlar ish bilan ta‘minlanadi.

    Mazkur bino joriy yilning 1 sentabr kuniga qadar topshirilishi rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati