Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Samarqand filiali binolarini ta’mirlash va yangi o‘quv yiliga tayyorlash jarayonlari bilan tanishildi
    20.07.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga bordi.

    AKT vaziri filial binolarida olib borilayotgan qurilish jarayonlari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bunda o‘quv binosining fasad qismida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishib, qurilishning sifati to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.

    Shuningdek, AKT vaziri Sh. Shermatov filialning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirib, ta’lim sifatini ta’minlash va o‘qitish tizimini zamon bilan hamnafas olib borish asosiy masala ekanligini ta’kidladi.

    Vazir talabalarga mos barcha shart-sharoitlarni yaratish lozimligini, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan o‘z takliflarini berdi.

    Manba: Axborot xizmati