Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri "Prime Samarqand" BPO kompaniyasi asoschisi bilan ko‘proq yoshlarni masofaviy xizmatlar eksportiga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi
    21.07.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan “Prime Samarqand” BPO (Biznes jarayonlari autsorsingi) tashkilotchisi F. Amonov va boshqa vakillar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Mazkur uchrashuv davomida AKT vaziri Sh. Shermatov AQSHga safari doirasida o‘zbekistonlik dasturchi yoshlar bilan uchrashib, ular bilan O‘zbekistonda raqamli ish o‘rinlarini yaratish, shu jumladan, yoshlarning salohiyatini oshirish uchun IT va biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha hamkorlik qilish va ular orqali yoshlarni masofaviy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish to‘g‘risida suhbatlashganini ta’kidladi.

    Shuningdek, markaz rahbari bilan BPO sohasiga yoshlarni kengroq jalb qilish, o‘z xizmatlarini eksport qilishga yo‘naltirish va bu orqali ularni yuqori maoshli ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalariga ko‘proq e’tibor qaratdi. 

    Uchrashuv davomida Sh. Shermatov markaz rahbarlari bilan kelajakda faoliyatini kengaytirish borasida mavjud bir qancha masalalar va takliflarni muhokama qildi. Qolaversa, bu ishlarni tashkil etishda vazirlik doim amaliy yordamga tayyorligi, yosh malakali kadrlarni tayyorlab berishda, hamkorlikda ishlarni tashkil etish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati