Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari hamda Yevropa tashqi harakatlar xizmatining Markaziy Osiyo boshqarmasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi
    15.07.2022

    Bugun, 15-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Yevropa tashqi harakatlar xizmati Markaziy Osiyo boshqarmasi boshlig’i Dietmar Krissler bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida AKT vazirining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish, axborot texnologiyalari yo‘nalishini asosiy drayver sohaga aylantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

    Shuningdek, mamlakatimizda ham autsorsing xizmatlari (BPO va KPO) rivojlanganini aytib o‘tdi. Xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish va shu tariqa IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlashdan iborat ekanligini qayd etdi.

    Uchrashuvda  tomonlar keng qamrovda hamkorlik qilish va uni rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildi.

    Shuningdek, tomonlar sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar va istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildi hamda loyihalarni hamkorlikda samarali davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati