Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

“AQShga o‘qishga topshirayotganimni uydagilar bilishmasdi” – AQShda o‘qiyotgan hamyurtimiz bilan suhbat

Iqtidorli qizlardan biri bo‘lgan Sabina Nabiyeva hozirda AQShdagi Arizona universitetida ta’lim olmoqda.

Nabiyeva Sabina 18 yoshda, Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug'ilgan. “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati. Hozirda AQShning nufuzli Arizona universiteti (The University of Arizona)da kompyuter texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olmoqda.

07.09.2022

SHHT mamlakatlari ekspertlari axborot xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qiladi

Bugun, 6-sentabr kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining axborot xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-ekspert forumi bo‘lib o‘tdi.

06.09.2022

TShIUda “International Ideathon Central Asia 2022” bo‘lib o‘tadi

2022-yilning 9-11-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan talabalar uchun “International Ideathon Central Asia 2022” uch kunlik oflayn tadbirni o‘tkaziladi. Tadbir Toshkent shahridagi Inha universiteti va SAP hamkorligida tashkil etildi.

06.09.2022

“GAP” – IT sohada ayollar klubining ikkinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Xabaringiz bor, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT Park hamkorligida jamiyatda xotin-qizlarimizning o‘rnini, bilimini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish, qiziqish va layoqatiga qarab yo‘nalish tanlashga ko‘maklashish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida “GAP” ayollar IT-klubi loyihasi muvaffaqqiyatli ish boshladi. Joriy yilning 31 avgust kuni loyihaning ikkinchi uchrashuvi o‘tkazildi.

06.09.2022

AQSHning “Uber” kompaniyasida iOS-dasturchi sifatida ishlayotgan o‘zbekistonlik hamyurtimiz bilan suhbat

25 yoshli Darxonbek Mamataliyev Toshkentdagi Inha universitetini tamomlagan. Maktab, kollej va universitetda o‘qib yurgan kezlarida informatika va dasturlash fanlari bo‘yicha olimpiadalarda va IT musobaqalarida ham qatnashgan.

06.09.2022

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi хalqimizni Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi

Ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatda yashayapmiz. Eng muhimi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga o‘z mehnatimiz bilan hissa qo‘shmoqdamiz.

Har qanday millat va xalq uchun eng muqaddas qadriyat, bu shubhasiz, mustaqillikdir, ammo hurriyatga hech qaysi millat osonlik bilan erishgan emas. Barchamizga ma’lumki, Vatanimiz ozodlikka erishganiga, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘lga kiritganiga 31 yil to‘ldi.

31.08.2022

Faol dasturchi yoshlar IT Park Uzbekistan binolaridagi sharoitlar bilan tanishtirildi hamda ular bilan 1 million dollarlik tanlovni qanday to‘g'ri va adolatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi

29-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov yoshlar va IT mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining yangi qurilgan binolarida bo‘lib o‘tdi.

30.08.2022

“GAP” ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Jamiyatda xotin-qizlarimizning o‘rnini, bilimini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish, qiziqish va layoqatiga qarab yo‘nalish tanlashga ko‘maklashish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida 31 avgust kuni “GAP” ayollar IT-klubi doirasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

30.08.2022

Navoiyda ilk BPO-markazi o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 22-avgustdagi “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan respublikaning barcha hududlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etish belgilab berilgan.

30.08.2022

Xalqaro IT kompaniyalar rahbarlariga yangi ochilgan IT Park Uzbekistan binolaridagi sharoitlar taqdim etildi va ular bilan hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi

Joriy yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida qurilgan yangi binolarning holati bilan yaqindan tanishgan edi.

29.08.2022