Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • SHHT mamlakatlari ekspertlari axborot xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qiladi
    06.09.2022

    Bugun, 6-sentabr kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining axborot xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-ekspert forumi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

    Xorijiy ishtirokchilarni onlayn ulash orqali gibrid formatda tashkil etilgan axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha muloqotda SHHTga a’zo davlatlarning tegishli vazirlik, idoralari, ilmiy-akademik va tahliliy doiralari vakillaridan iborat 30 nafardan ziyod yetakchi ekspertlar qatnashdi. 

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov onlayn ishtirok etdi.

    Mazkur forumni o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 17-sentabr kuni SHHTning Dushanbe sammitida ilgari surilgan edi.

    Xususan, pandemiya axborot makonida kiber jinoyatlar keskin ko‘payishiga olib keldi. Ekspertlar fikricha, 2021 yil dunyoda kiber hujum soni 2020 yildagiga nisbatan 50 foiz ortib, kiber jinoyatdan ko‘rilgan zarar 2015-yildagi 3 trillion dollardan 6 trillion dollarga o‘sdi.

    Salbiy tendensiyalar SHHTga a’zo mamlakatlardan kiber makonni himoya qilish va axborot xavfsizligini ta’minlashga kompleks yondashuvlar ishlab chiqishni talab etadi.

    2021-yil SHHTning Dushanbeda o‘tgan yubiley sammiti yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning faol ishtiroki asosida ishlab chiqilgan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha SHHT mamlakatlarining birgalikdagi harakatlari rejasi tasdiqlangan.

    Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Prezidentining ushbu forumni o‘tkazish bo‘yicha o‘z vaqtida ilgari surgan muhim tashabbusi ishtirokchilarga axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xavf-xatarlarga qarshi kurashishga oid yagona siyosatni shakllantirish bo‘yicha aniq takliflar, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek, SHHT mamlakatlari fuqarolari axborotdan erkin va hech qanday to‘siqsiz foydalanishini ta’minlash bo‘yicha umumiy yondashuvlarni kelishib olish imkonini berdi.

    Ayni keng qamrovli masalalarni ko‘rib chiqish uchun forum kun tartibi 3 mavzuga oid sessiyaga bo‘lindi:

    1. Axborotdan foydalanish ko‘lamini kengaytirish – zamonaviy jamiyatni rivojlantirishning muhim omili.

    2. Axboriy-g‘oyaviy xatarlar va bunday tahdidlarga qarshi samarali javob choralarini ishlab chiqish.

    3. AKT jadal rivojlanishi sharoitida nozik axborot infratizimi ob’ektlarini himoya qilish.

    Umuman, mazkur tadbir mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va SHHTga a’zo davlatlarning axborot va kiber makondagi xatarlarga qarshi kurash borasidagi salohiyatini oshirish imkonini beradi.

    Manba: Axborot xizmati