Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarni tashkil qilish ishlari izchil davom etmoqda. Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi.
Аndijon davlat universitetida “Digital science” IT-Inkubatsiya markazi ochildi.
2021 yil 4-fevral kuni “Darakchi” gazetasining 5-sonida “Один миллион программистов”: курсы для всех” nomli maqola chop etildi. Mazkur maqolada “Bir million dasturchi” yirik loyihaning mazmun-mohiyati, uning maqsad va vazifalari to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
Bugun, 4 fevral — O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil topgan kun.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan akkreditatsiya qilinishi Toshkent shahridagi Inha universitetidagi taʼlim O‘zbekiston oliy taʼlim standartlariga mos kelishini tasdiqlaydi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Alisher Berdiyev tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) Qashqadaryo faol yoshlari uchun inkubatsiya dasturida qatnashish uchun arizalar qabuli boshlanganligini e’lon qildi. Mazkur dastur mutaxassis va tadbirkorlar o‘qitish va tavsiyalari ko‘magida yoshlarning startap g‘oylarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Bugun 3-fevral kuni Termiz shahridagi 16-son maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning ochilish marosimi bo‘lib ot‘di.
Bugun, 2-fevral kuni Qarshi shahridagi 42-son maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning ochilish marosimi bo‘lib ot‘di.
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Toshkent oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “University Cyber Cup” musoboqasining final bosqichida yetakchilik qilishdi. Universitetning kiber jamoasi a’lo natijalarni ko‘rsatib, Dota 2 yo‘nalishi bo‘yicha g‘alabani qo‘lga kiritib, CS:GO bo‘yicha ikkinchi va PUBG Mobile bo‘yicha uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.