Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo oliy ta’lim muassasalarida yoshlar uchun inkubatsiya dasturi joriy qilindi
    03.02.2021

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) Qashqadaryo faol yoshlari uchun inkubatsiya dasturida qatnashish uchun arizalar qabuli boshlanganligini e’lon qildi. Mazkur dastur mutaxassis va tadbirkorlar o‘qitish va tavsiyalari ko‘magida yoshlarning startap g‘oylarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

     

    Dasturning afzalliklari:

    • startap-loyihani to‘g‘ri joriy etish bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi;
    • netvorking;
    • tajribali mutaxassislar tomonidan konsultatsiya, shu jumladan yuridik yordam ham ko‘rsatiladi;
    • buxgalteriya masalalarida ko‘mak beriladi;
    • loyihangizga investisiyalar jalb qilish imkoniyati yaratiladi;
    • jismoniy infratuzilma (OTMlar qoshidagi inkubatsiya markazlari) va boshqa bonuslar taqdim qilinadi.

     

    Dastur doirasida ta’lim jarayoni Qashqadaryo viloyatining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi davlat universiteti, Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali, Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining inkubatsiya markazlarida amalga oshiriladi.

    O‘qish jarayoni 1,5 oy davom etadi. O‘qish yakunlangandan so‘ng ishtirokchilar o‘zlarining tayyor mahsulotlarini investorlarga namoyish etadilar.

    Dasturda qatnashish uchun barcha xohlovchilar arizarni quyidagi havolalar orqali topshirishlari mumkin:

    1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - https://forms.gle/17asP5hHyMU3iUmLA
    2. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti - https://forms.gle/QzH96gNLe1kVaxgz6
    3. Qarshi davlat universiteti - https://forms.gle/4rCm1SMRzK9YnipX6
    4. Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti - https://forms.gle/bh3Wjs3bSwYd1GKY7
    5. Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali - https://forms.gle/TxaN7B9Xmd3iAASX6
    6. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali - https://forms.gle/wfChuB38N9RUX4y48

     

    Arizalar qabulining oxirgi muddati: 2021-yil 13-fevral.

    Manba: Axborot xizmati