Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU doktoranti O‘zbekiston Respublkiasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi
    03.02.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus vazirlik Hay’atining qaroriga muvofiq 2021-yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi.

    Tayanch doktorantlar o‘rtasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Alisher Berdiyev tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi.

    Mazkur yutuq yurtimizda AKT sohasiga va ushbu yo‘nalishda IT mutaxassislarni tayyorlashga yuksak e’tibor qaratilayotganini dalolat beradi, O‘zbekistonda yetakchi AKT sohasidagi oliy ta’lim yurtida sifati yuqori ta’lim berayotganligini namoyon etadi.

     

    Manba: Axborot xizmati