Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti attestatsiyadan o‘tib akkreditatsiya qilindi
    03.02.2021

     

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan akkreditatsiya qilinishi Toshkent shahridagi Inha universitetidagi taʼlim O‘zbekiston oliy taʼlim standartlariga mos kelishini tasdiqlaydi.

    Universitet akkreditatsiya qilinishi talabalar va o‘qituvchilarning o‘z sohasida yanada faolroq ishlashga, chet ellik hamkorlar bilan yangi qo‘shma dasturlarni yaratishga va umuman olganda, universitetning O‘zbekiston va xorijdagi obro‘sini oshirishga, shuningdek, abituriyentlar, ish beruvchilari diqqatini universitetga tortishda yordam beradi.

    Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Inha universitetining akkreditatsiyadan o‘tganligi bitiruvchilarning kasbiy malakalari tan olinishi, yirik va muhim xalqaro IT loyihalarda ishtirok etishlari yanada imkoniyat yaratadi.

    Yuqori darajadagi akkreditatsiya natijalariga eng yaxshi taʼlim dasturlarini joriy etish, universitet o‘qituvchilarining yuqori malakasi va universitetning rivojlangan infratuzilmasi asosida erishildi. Universitetning o‘quv, tajriba laboratoriyalari va yordamchi bazalari xalqaro standartlarga javob beradi.

    Manba: Axborot xizmati