Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

“Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Samarqand viloyatida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oʻttiz uchinchi sessiyasi kun tartibiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston–2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi boʻyicha Samarqand viloyatida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berildi.

07.06.2021

Fargʻona viloyatida ham “E-qaror” tizimi ishga tushirildi

“E-qaror” tizimi orqali hokimliklar va xalq deputatlari Kengashi qarorlari qabul qilinishi 2021-yil 1-yanvardan sinov tariqasida Qashqadaryo viloyatida ishga tushirilgan edi.

07.06.2021

Zomin tumanida “Besh muhim tashabbus” doirasida yoshlar forumi tashkil etildi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ning 3-yo'nalishi “Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish”doirasida Jizzax viloyati Zomin tumanida yoshlar forumi o'tkazildi.

07.06.2021

Qoraqalpogʻiston Respublikasida IT-mutaxassislar uchun forum o'tkazildi

Mazkur forum Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi, TATU Nukus filiali IT-Park Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan tashkillashtirildi.

07.06.2021

Sirdaryo viloyatida "Istiqbolli IT-loyihalar" tanlovi saralash bosqichi o‘tkazildi

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida IT-Park Sirdaryo filialida "Istiqbolli IT-loyihalar" tanlovi saralash bosqichi  tashkil etildi. Tadbir  AKT vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

04.06.2021

Kitob tumanida yangi IT-markaz oʻz faoliyatini boshladi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida   Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida zamonaviy infratuzilmalar  bilan jihozlangan IT-markaz ochildi.  

04.06.2021

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida AKT sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

2021-yil 4-iyun kuni “Pravda Vostoka” gazetasining 113-sonida “Узбекистан – Беларусь: ИКТ как точка взаимного притяжения” nomli maqola chop etildi. Mazkur maqolada “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida AKT vazirligi ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan. 

04.06.2021

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi Belarus IT-kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

“TIBO-2021” XXVII Xalqaro forumi doirasida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari “Synesis” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdilar.  

04.06.2021

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

03.06.2021

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari “Elektron xizmatlar milliy markazida TIBO-2021 kunlari” seminarida qatnashdilar

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari “Elektron xizmatlar milliy markazida TIBO-2021 kunlari” seminarida ishtirok etdilar. Mazkur seminar 2021-yil 2-3-iyun kunlari Belarus Respublikasida bo'lib o'tayotgan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida o‘tkazilmoqda.

03.06.2021