Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida IT-Park Sirdaryo filialida "Istiqbolli IT-loyihalar" tanlovi saralash bosqichi tashkil etildi. Tadbir AKT vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
"Istiqbolli IT-loyihalar" tanlovini tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida erishgan natijalari va amalga oshirayotgan loyihalarini namoyish etish shu bilan birga ularni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Tadbirda iqtidorli yoshlar tomonidan ijtimoiy soha, ta’lim, elektron tijorat, robototexnika kabi yo‘nalishlardagi IT loyihalar taqdim etildi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yoshlarga o‘z loyihalarini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida tanlovda qatnashgan iqtidorli yoshlarga qimmatbaho sovg‘alari va sertifikatlari topshirildi.
Manba: Axborot xizmati