Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasida IT-mutaxassislar uchun forum o'tkazildi
    07.06.2021

    Mazkur forum Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi, TATU Nukus filiali IT-Park Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialı tomonidan tashkillashtirildi.

    Forum doirasida “InfoSystem Nukus”, “Texnopos” oʻquv markazi, “DataLife” oʻquv markazi hamda “Karakalpak info” korxonalari rahbarlari tomonidan forum qatnashuvchilari uchun maʼruzalar qilindi.

    Forum davomida mamlakatimizda IT sohasini rivojlantirish, bu sohaga qiziquvchi yoshlar sonini koʻpaytirish, har oyda IT forumlar tashkil etish, yosh kadrlarni tayyorlash, ularga imkoniyat eshiklarini ochib berishda barcha sharoitlar yaratilayotgani alohida taʼkidlandi.

    Asosiy bosqich yakunida forum ishtirokchilari dasturchilar bilan suhbat qildilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

    Manba: Axborot xizmati