Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Samarqand viloyatida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
    07.06.2021

    Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oʻttiz uchinchi sessiyasi kun tartibiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston–2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi boʻyicha Samarqand viloyatida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berildi.

    Hisobotda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida viloyatda raqamli infratuzilmani, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar milliy bozorini rivojlantirish hamda axborot texnologiyalari sohasida taʼlim berish va malaka oshirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

    Jumladan, Samarqand viloyatini raqamli transformatsiya qilish dasturiga asosan 2022-yil yakuniga qadar 47 ta loyiha, Nurobod va Qoʻshrabot tumanlari boʻyicha 73 ta tadbirlar amalga oshirilayotganligi, bugungi kunga qadar 65 foizi boʻyicha ishlar yakuniga yetkazilganligi aytib oʻtildi va amalga oshirilgan ishlar boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

    Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar barcha umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari, mahalla fuqarolari yigʻinlari yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻi bilan qamrab olinishi, viloyatning 20 ta hududida Wi-Fi hududlari tashkil etilishi, Farmon doirasida 329,6 ming keng polosali kirish portlari oʻrnatilishi, sohalarda “Elektron kundalik”, “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona”, “Shaffof qurilish”, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”, “Mahalla” singari axborot tizimlari joriy etilishi toʻgʻrisida aytib oʻtildi.

    Hisobot yakunida deputatlar tomonidan berilgan savollarga javob berilib, “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturi doirasida viloyatda bajarilishi belgilangan loyihalarning toʻliq amalga oshirilishi  boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotganligi hamda barcha loyihalar  doimiy nazoratda ekanligi taʼkidlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati