Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Samarqand viloyati Nurobod tumanida Raqamli texnologiyalar o`quv markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarni tashkil qilish ishlari izchil davom etmoqda. Shunday markazlardan biri Samarqand viloyatining Nurobod tumanida  ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. 

11.03.2021

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda. Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Surxondaryo viloyati Termiz tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. 

10.03.2021

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilishi Tomdilik yoshlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi

Navoiy viloyatining olis va cho‘l hududlaridan bo‘lgan Tomdi tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

09.03.2021

Buxoro shahrida “Vobkent.Tech” ideaton va kibersport musobaqasi o‘tkazildi

Buxoro viloyati Vabkent tumanida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) hamda Xalq ta'lim vazirligi bilan birgalikda maktab o'quvchilari uchun «Vobkent.Tech» ideaton va kibersport boyicha musobaqani tashkil etdi.

09.03.2021

Surxondaryo viloyati Denov tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ish faoliyatini boshladi. 

05.03.2021

TATU xodimi “Shuhrat” medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida” Farmoniga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Sherboboyeva Gulrux Baxtiyorovna “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

04.03.2021

TATU talabalarining ikki nafari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4-bosqich talabasi Rahimova Sayyora  va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 4-bosqich talabasi Ahmatova Sitorabonu Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

04.03.2021

Toshkent shahridagi Inha universitetida Birinchi xalqaro taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi taʼlim jarayoniga xorijiy tajribani joriy etish dolzarb masalalariga bag‘ishlangan Birinchi xalqaro taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi.

01.03.2021

Toshkent shahridagi Amiti universiteti “Huawei” kompaniyasi bilan anglashuv memorandumni imzoladi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti dunyoning yetakchi IT kompaniyalaridan biri – “Huawei” kompaniyasi bilan anglashuv memorandumni imzoladi.

24.02.2021

“Raqamli Avlod Qizlari Forumi 2021” nomli yangi qiziqarli loyiha

“Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasa va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-texnologiya yo‘nalishidagi fanlarni chuqurlashtirib o ‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi ko'magida yangi loyihani - “Raqamli avlod qizlari Forumi 2021”ni amalga oshirmoqda.

23.02.2021