eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Butunjahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    24.08.2017

    22 avgust kuni vazirlikda Butunjahon banki shtab-kvartirasi AKT loyihalari katta koordinatori O.Petrov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv davomida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalaridagi loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

    Markaziy va Janubiy Osiyoni yagona raqamli xabga bog‘laydigan va transchegaraviy telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratishga qaratilgan «Digital CASA» hududiy loyihasida O‘zbekiston Respublikasining ishtiroki istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur loyiha dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarga Internet tarmog‘ini yaxshilashga, shuningdek, ushbu mamlakatlarning tranzit salohiyatini oshirishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

    Shu bilan birga, vazirlik tomonidan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida Innovatsiya markazida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, yuqori malakali IT-mutaxassislar tayyorlash, pochta sohasini rivojlantirish kabi takliflar berildi.

    Uchrashuv yakuniga ko‘ra tomonlar Butunjahon banki salohiyatidan maksimal foydalangan holda, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqib, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat loyihalarini ishlab chiqish uchun hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.

    Manba: Axborot xizmati