Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Yagona integrator UZINFOCOM” hamkorlari va registratorlari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi
    29.04.2023

    “.UZ” milliy domenining tavallud kuni arafasida 28-aprel kuni Aloqa tarixi muzeyida “Yagona integrator UZINFOCOM” hamkorlari va registratorlari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    29-aprel kuni “.UZ” milliy domeni 28 yoshga to‘ldi, shu munosabat bilan “Yagona integrator UZINFOCOM” tomonidan mehmonlar ishtirokida konferensiya tashkil etildi, unda kompaniya bosh direktori, rahbar o‘rinbosarlari, kompaniyaning birinchi direktori va 20 dan ortiq ishtirokchi-registratorlar qatnashdilar.

    Uchrashuvda DNSSEC xizmatlari va REDEMPTION PERIOD tizimining xususiyatlari kabi milliy domen loyihalari bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, kompaniya mamlakatimiz uchun O‘zbekistonning xalqaro loyihalardagi rolini oshiradigan zamonaviy va noyob xizmatni taqdim etdi.

    Manba: Axborot xizmati