Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  •  Bugundan my.gov.uz portalida ipoteka subsidiyasini berish xizmati ishga tushdi
    01.05.2023

    Joriy yil 1-maydan boshlab YIDXP (my.gov.uz)da “Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati  yoqildi.

    Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq  joriy yil yangi tartibdagi ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi. 

    Endilikda subsidiya ajratish jarayoniga quyidagi oʻzgarishlar kiritildi:

    Subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 4 oy ichida amal qiladi, bu muddat tugagandan soʻng qayta ariza berilishi mumkin;

    Subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi, rad etilgan arizalarga 1-dekabrga qadar qayta ariza yuborish mumkin.

    Manba: Axborot xizmati