Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollarning rolini kuchaytirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi
    28.04.2023

    Toshkent shahridagi “Hilton Toshkent City” mehmonxonasida “Kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollarning rolini kuchaytirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. 

    Uchrashuvdan asosiy maqsad, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish, qo‘llab-quvvatlash hamda kichik va o‘rta biznesni tashkil etishida qanday to‘siqlar bor va bu to‘siqlarni bartaraf etishda ayollarga qanday yordam berish va turmush darajasini yaxshilash va nafaqat biznesdagi ayollar sonini, balki ayollar boshchiligidagi biznes turlarini ko‘paytirishga qaratilgan. 

    Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Senati Raisi, senator Tanzila Norboyeva, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska, Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova va Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tashrif buyurgan qator xorijiy tashkilotlar, jahon biznesining yirik vakillari ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

    O‘zbekistonda ayollar huquqlarini kengaytirish va ko‘plab sohalarda “Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda ayollarning rolini kuchaytirish bo‘yicha kelajakdagi ishlar kelishib olindi.

    Manba: Axborot xizmati