eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi haqidagi nizom loyihasi muhokamasiga taklif qiladi
    10.07.2017

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi haqidagi nizom loyihasi ishlab chiqildi.

    Nizom Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazining muvofiqlashtiruvchi kengashi va direksiyasi faoliyatini tashkil etishni, rezident maqomini olish uchun aniq kriteriylar hisobiga yuridik shaxslarning Innovatsiya markazi rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tishini, Innovatsiya markazi rezidentlari uchun maxsus valyuta tartibini qo‘llashni belgilab beradi.

    Barcha qiziquvchilarni mazkur Nizom loyihasi muhokamasiga taklif qilamiz. Loyiha bilan ushbu manzil orqali tanishish va taklif hamda mulohazalarni bildirish mumkin.

    Manba: Axborot xizmati