Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun IT-sohasi bo'yicha o'quv mashg'ulot darslari o‘tildi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti O‘zbekistondagi elektron hukumat va raqamlashtirishga oid eng yaxshi maqolalar tanlovini e'lon qiladi. Tanlovda yosh mutaxassislar va olimlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov natijalari 2021-yil 1-noyabr sanasidan keyin, “Elektron hukumat – 2021” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida e'lon qilinadi. Tanlov ishtirokchilarining eng yaxshi materiallari anjuman maqolalari to‘plamida nashr etiladi.
Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida IT-texnikumlarni tashkil etish uchun qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababdan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ochilishi rejalashtirilayotgan yangi IT-texnikumning ta'mirlash va rekonstruksiya qilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Bugun, 29-sentabr kuni Milliy matbuot markazida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zkomnazorat davlat inspeksiyasi hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Jizzax viloyati G'allaorol tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida o‘n oltinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.