Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Qo‘qon shahri IT-texnikumining ta’mirlash jarayoni bilan tanishdi
    29.09.2021

    Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida IT-texnikumlarni tashkil etish uchun qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababdan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov   Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ochilishi rejalashtirilayotgan yangi IT-texnikumning ta'mirlash va rekonstruksiya qilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

    IT-texnikumida amalga oshirilayotgan ishlarning umumiy hajmi ko'rsatilib, ushbu obyektning keyingi rejalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, texnikum dizaynida  yetakchi IT korxonalarida aks etgan ranglar palitrasidan foydalanish bo'yicha o'z taklifini berdi.

    Ta’kidlash lozim, joriy yil 1-oktabrdan boshlab barcha hududlarda 14 ta IT-texnikumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ushbu texnikumlarda dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi, telekommunikatsiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 8 mingga yaqin o‘quvchi tahsil olishi ko‘zda tutilgan.