Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
    29.09.2021

    Bugun, 29-sentabr kuni Milliy matbuot markazida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zkomnazorat davlat inspeksiyasi hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar”  mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

    Unda O‘zbekiston Respublikasida mamlakatning jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, hududlarda raqamli tafovutni bartaraf etish, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish uchun zarur muhitni yaratish bo‘yicha ma’lumotlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini ta’minlash, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulay davlat xizmatlarini ko‘rsatish sonini oshirish maqsadida tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida axborot berildi.

    Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar yuqorida qayd etilgan mavzular bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

    Manba: Axborot xizmati