Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida “Qudash” MFY foydalanishga topshirildi

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, “Qudash” mahalla fuqarolar yig‘ini binosini zamonaviy usulda qurilib ta’mirlash ishlari yakunllanib foydalanishga topshirildi.

16.10.2021

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanidagi telekommunikatsiya bog‘lamasi hamda Pochta aloqa bog‘lamasi binosi ta’mirlanib foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi hamda Pochta aloqa bog‘lamasi mukammal ta’mirlanib, zamonaviy qulayliklar yaratilgan binoda faoliyatini davom ettiradi.

16.10.2021

Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

16.10.2021

AKT vaziri Andijon viloyatidagi birinchi IT-Texnikum bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Andijon  viloyatidagi xizmat safari doirasida, Andijon axborot texnologiyalari texnikumi  bilan tanishdi.

15.10.2021

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida “Raqamli texnologiyalari o‘quv markazi” o‘z faoliyatini boshladi

Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari hamda dasturlash sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida “Raqamli texnologiyalari o‘quv markazi” ochilib, o‘z faoliyatini boshladi.

15.10.2021

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyati bilan litsey o‘quvchilari yaqindan tanishdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyati va o‘quv jarayoni bilan TATU Samarqand filiali qoshidagi Akademik litsey o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari yaqindan tanishdi.

15.10.2021