Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida “Qudash” MFY foydalanishga topshirildi
    16.10.2021

    Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, “Qudash” mahalla fuqarolar yig‘ini binosini zamonaviy usulda qurilib ta’mirlash ishlari yakunllanib foydalanishga topshirildi.

    “Qudash” mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ochilishi marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J. Egamberdiyev va Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani hokimi Sh. Yuldashev hamda tegishli boshqarma va tashkilotlar ishtirok etishdi.

    “1984 yilda hashar yo‘li bilan qurilgan mahallamiz binosi so‘nggi paytlarda anchayin eskirib qolgan edi, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha respublikadan tumanimizga biriktirilgan vakil Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ko‘magi bilan bugun mana shunday ko‘rkam bino va qulay sharoitlarga ega bo‘ldik. Bu esa albatta ish unumdorligimiz, aholi bilan muntazam ravishda faol ishlashimiz, ularning masala va muammolarini hal etishimizda ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi”- deydi mahalla raisi Xasanjon To‘ychiyev.

     

    Manba: Axborot xizmati