Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanidagi telekommunikatsiya bog‘lamasi hamda Pochta aloqa bog‘lamasi binosi ta’mirlanib foydalanishga topshirildi
    16.10.2021

    O‘zbekiston tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi hamda Pochta aloqa bog‘lamasi mukammal ta’mirlanib, zamonaviy qulayliklar yaratilgan binoda faoliyatini davom ettiradi.

    Bunda “O‘zbekiston pochtasi” AJ Farg‘ona filiali O‘zbekiston tumani pochta aloqa bog‘lamasi hamda “O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filiali O‘zbekiston tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi bino inshootlari ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

    Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirig o‘rinbosari J.Egamberdiyev, O‘zbekiston tumani hokimi Sh. Yuldashev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
    Tadbir davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J.Egamberdiyev tomonidan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Farg‘ona filiali O‘zbekiston tumani pochta aloqa bog‘lamasi xodimlariga elektroskuterlar va velosipedlar topshirildi.

    Tuman aholisi va bog‘lama xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilgan ushbu bunyodkorlik natijasida bino xonalari ko‘rkam qiyofa kasb etib yangi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi.

    Ayni kunlarda tuman aholisi va tumanimiz mehmonlari uchun ushbu bog‘lama hamda uning bo‘limlari tomonidan xat-xabarlar tarqatish, pul o‘tkazmalari, posilkalar, davriy nashrlarga obuna qilish va tarqatish, barcha turdagi kommunal to‘lovlarni qabul qilish, “Munis” to‘lovi tizimi, 34 xil davlat xizmatlari ko‘rsatish, kurerlik xizmati, pochta tovarlari sotuvi, “Unisavdo” onlayn savdolari va barcha mobil aloqalari to‘lovi kabi xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati