O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Andijon viloyatidagi xizmat safari doirasida, Andijon axborot texnologiyalari texnikumi bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 maydagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takmollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 288-sonli qarori va Andijon viloyat Hokimining 2021 yil 10 maydagi 161- sonli qarorlari asosida Andijon tumanidagi Mashinasozlik texnikumi negizida “Andijon axborot texnologiyalari texnikumi” tashkil etildi.
Viloyatdagi IT-texnikumning bino va inshootlari rekonstruksiya qilindi, hududlarini obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlar natijasida 150 o‘rinli yotoqxona tashkil etilib qayta jihozlandi va foydalanishga topshirilishga tayyor holatga keltirildi. Shuningdek, 2 ta kompyuter sinf xonalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, 40 ta monoblok jamlanmasi va mebellar bilan ta’minlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlash uchun tashkil etilgan texnikumga 2021/2022 o‘quv yilida talabalarni qabul qilish bo‘yicha 540 ta kvota ajratilgan.