Seminarda IT-markaz Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali rahbari, “Med ID” startapi asoschisi Andrey Li, “Post system” asoschisi Jiemurat Mambetkarimov va talaba-yoshlar qatnashdi.
Viloyat yoshlarini axborot texnologiyalari sohasiga qiziqtirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va tayyorlash, IT ta’limni rivojlantirish, shuningdek, tumandagi soha xodimlarini AKT bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish maqsadida Xo‘jaobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkul. Ayniqsa hozirgi davrda zamonaviy bilimlarni egallamay turib, ma’lum maqsadga erishib bo‘lmaydi. Bu borada axborot texnologiyalarini, dasturlash hamda IT-sohasi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish, yangi loyiha va ishlanmalar ustida ishlash ularni yurt farovonligi yo‘lida va mamlakat rivojlanishi uchun tatbiq etish juda muhimdir.
Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari hamda dasturlash sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, Qashqadaryo viloyatining G’uzor tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, o‘z faoliyatini boshladi.
Qoraqalpoq davlat universitetida IT markaz Qoraqalpog'iston Respublikasi filialining mutaxassislari tomonidan talabalar uchun o'quv seminari tashkil etildi.
Navoiy viloyati Navbahor tumanida shinam va hamma shart-sharoitlarga ega o‘n birinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi. Shuni ta’kidlash kerakki, endilikda Navoiy viloyatining barcha tuman, shaharlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari mavjud.