Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
    01.11.2021

    Viloyat yoshlarini axborot texnologiyalari sohasiga qiziqtirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va tayyorlash, IT ta’limni rivojlantirish, shuningdek, tumandagi soha xodimlarini AKT bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish maqsadida Xo‘jaobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi  bo‘lib o‘tdi. 

    Ochilish marosimida Xo‘jaobod tumani hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi qatnashdi.

    Tumanning pochta bog‘lamasi binosidan joy olgan IT markaz xonalari axborot texnologiyasi muhitiga mos ravishda qayta ta’mirlanib, zamonaviy kompyuter texnikalari va mebellar bilan ta’minlandi. Markazga tashrif buyurgan mehmonlar mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

    O‘quv markazida yoshlarga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersport, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.

    Manba: Axborot xizmati