Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Nukus filialida IT loyihalar doirasida o‘quv seminari tashkil etildi
    01.11.2021

    Seminarda IT-markaz Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali rahbari, “Med ID” startapi asoschisi Andrey Li, “Post system” asoschisi Jiemurat Mambetkarimov va talaba-yoshlar qatnashdi. 

    IT-markaz Qoraqalpog'iston Respublikasi filali rahbari M. Elmuratov yoshlarga IT-Park foaliyati, tez kunda Nukus shahrida barpo etiladigan yangi inkubatsiya markazi va “Bir million dasturchi” loyihasi, axborot texnologiyalari sohasi haqidagi yangiliklar bilan tanishtirdi. 

    Shuningdek, seminarning asosiy mehmoni Andrey Li yoshlar uchun o'zining ishlab chiqqan yangi startap loyihasi, uni qanday qilib yaratgani va “Startap tashabbuslari-2020” musoboqasida g‘olib bo‘lishga nima yordam bergani haqida kengroq  tushuncha berib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati