Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida o'quv seminari tashkil etildi
    29.10.2021

    Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkul. Ayniqsa hozirgi davrda zamonaviy bilimlarni egallamay turib, ma’lum maqsadga erishib bo‘lmaydi. Bu borada axborot texnologiyalarini, dasturlash hamda IT-sohasi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish, yangi loyiha va ishlanmalar ustida ishlash ularni yurt farovonligi yo‘lida va mamlakat rivojlanishi uchun tatbiq etish juda muhimdir.

     Sirdaryo viloyati hokimligi,Toshkent Kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali va IT-Park Sirdaryo viloyati filiali bilan hamkorlikda institut o‘qituvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv-seminari tashkil qilindi. 

    Tashkil qilingan seminarda ushbu loyihani institut talabalari orasida keng targ‘ib qilish va ularni ushbu loyiha platformasidan ro‘yxatdan o‘tkazish vazifalari tizimli ravishda belgilab olindi.

     Bundan asosiy maqsad talaba yoshlarga kelajak kasbini o‘rgatish va frilanser bo‘lib ishlashlari uchun sharoitlar yaratishdan iboratdir.

     

    Manba: Axborot xizmati