Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi Siz aziz yurtdoshlarimizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga 29 yil to‘lishi munosabati bilan samimiy tabriklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integrasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qaroriga muvofiq 2021-2023 yillar davomida Respublikaning barcha shahar va tumanlarida jami 205 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish belgilang
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanitirish vaziri Sh. Shermatov boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi. Xizmat safari doirasida AKT vazirligi delegatsiyasi va “Xolding Zerde” AJ vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 2-5-dekabr kunlari Bayrut shahrida (Livan) dyuzdo sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi Xosiyat Masharipova ishtirok etib, kumush medalni qo’lga kiritdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin hamrohligida Nur-Sulton shahridagi EXPO ishbilarmonlik markazida joylashgan Raqamli hukumat ofisiga tashrif buyurdi.
Ushbu muassasa joriy yil sentyabr oyida ochilgan. Uning tarkibiga Milliy tahlil markazi, Raqamli transformatsiya markazi va Milliy loyiha ofisi kiradi.
AKT vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park delegatsiyasi va Astana Hub kompaniya-rezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Astana Hub rezidentlarining O‘zbekiston bozorida o‘z faoliyatini kengaytirishi bo‘yicha amaliy rejalar muhokama qilindi.