Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Urganch filiali talabasi dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida kumush medali sohibi bo‘ldi
    07.12.2021

    Joriy yilning 2-5-dekabr kunlari Bayrut shahrida (Livan) dyuzdo sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi Xosiyat Masharipova ishtirok etib, kumush medalni qo’lga kiritdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi chempionni va uning murabbiyl-ustozlari, ota-onasi va barcha universitet jamoasini g‘alaba bilan samimiy tabriklaydi.

    Eslatib o‘tamiz, yana bir vatandoshimiz hamda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi, Irisxon Qurbonboeva mazkur musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi va Osiyo chempioni bo‘ldi.

     

    Manba: Axborot xizmati