Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatidagi Samarqand va Oqdaryo tumanlarida ixtisoslashtirilgan IT-maktablar ochildi
    07.12.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integrasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qaroriga muvofiq 2021-2023 yillar davomida Respublikaning barcha shahar va tumanlarida jami 205 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish belgilangan.

    Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi 38-son va Oqdaryo tumanidagi 47-son umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi va bugun ularning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ochilish marosimlarida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Samarqand va Oqdaryo tumanlari hokimliklari, Xalq ta’limi viloyat boshqarmasi rahbar va xodimlari, keng jamoatchilik vakillari hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.

    Mazkur maktablar zamon talablari asosida ta’mirlanib, kerakli axborot-kommunikatsiya texnik qurilmalari bilan jihozlandi. Ularda informatika o‘quv xonalari, robototexnika va IT English o‘qitish sinfxonalari, raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu maktab o`quvchilariga informatika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladi va amaliyotda bilimlarini sinash imkoniyati yaratiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati