Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Toshkent shahridagi Inha universitetida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Inha universitetida “O‘zbekistonning xalqaro reytingini oshirish ko‘rsatkichlari va metodologiyasi tahlili asosida elektron hukumatni rivojlantirish” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. 

13.01.2022

“O‘zbekiston pochtasi”— davr bilan hamnafas!

Aloqa vositalarining eng qadimgisi hisoblangan pochta aloqasi sohasida keyingi paytlarda qator muammolar ko‘zga tashlanib qolgan edi. Ana shu muammolarni hal qilish, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning oldini olish, sohani bugungi kun talabi darajasiga ko‘tarish uchun 2020 yil 5 oktabr kuni tomonidan mamlakatimiz Rahbari Milliy pochta tizimini isloh kilishga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazildi va bir qator topshiriqlar berildi. 2020 yil 14 dekabr kuni, Pr

12.01.2022

Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida IT-tanlov o‘tkazildi

Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari  o‘rtasida bo‘lib o‘tgan IT-tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

11.01.2022

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yilda olib borilgan ishlar to‘g‘risida brifing bo‘lib o‘tdi

Bugun, 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xizmati rahbari Sh. Axmatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

10.01.2022

AKT sohasida kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi yo‘lga qo‘yildi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim orqali maktab yoshidan boshlab o‘quvchilarni ushbu sohaga jalb qilish hamda ularning qiziqishlarini qo‘llab quvvatlab kelinmoqda.

08.01.2022

Raqamli islohotlar - amalda

2022 yil 7-yanvar kuni “Pravda Vostoka” gazetasining 4-sonida “Курс – на цифровизацию” nomli maqola chop etildi. Mazkur maqolada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan AKT sohasini rivojlantirish borasida 2021-yilda amalga oshirilgan ulkan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan. 

07.01.2022

Xorijga chiqish biometrik pasportini Yagona portal orqali olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (5-son, 05.01.2022-y.) bilan Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

07.01.2022

Qashqadaryo viloyatida informatika o‘qituvchilarning malakasi oshirildi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 9-son maktabda informatika fani o‘qituvchilarining 15 nafari “S++ dasturlash tili va Scratch dasturlash tili” yo‘nalishida malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi.

07.01.2022

Telekommunikatsiya infratuzilmasi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasining barpo etilishi raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun eng muhim omillardan biri. Bu borada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

06.01.2022

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilarining kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilari - Praveen Kumar va Seema Rawat professorlari “Hisoblash intellekt va tibbiyot uchun bashorat tahlili" ("Computational intelligence & predictive analysis for medical science”) nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

06.01.2022