Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT sohasida kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi yo‘lga qo‘yildi
    08.01.2022

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim orqali maktab yoshidan boshlab o‘quvchilarni ushbu sohaga jalb qilish hamda ularning qiziqishlarini qo‘llab quvvatlab kelinmoqda.

    2020 yilda 14 ta tayanch AyTi-maktablar ochilgan bo‘lsa, 2021  o‘quv yilidan yana 86 maktablar o‘z faoliyatini boshladi. Ularda axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitish uchun barcha zaruriy sharoitlar, moddiy-texnik baza bilan ta’minlandi.

    Ushbu maktablarga Davlat test markazi bilan hamkorlikda o‘quvchilar 5-sinfdan imtihonlar asosida saralab olindi. Bugungi kunda ularda 4 mingdan ortiq o‘quvchilar tahsil olmoqda.

    2023 yilda esa, ularning soni 205 taga yetkazilib, 30 mingdan ziyod o‘quvchilar raqamli texnologiyalarga chuqurlashgan holda o‘qitiladi.

    Shuningdek, 205 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari orqali tinglovchilar kompyuter savodxonligi, dasturlash asoslari, robototexnika, veb va mobil ilovalar yaratish, raqamli tadbirkorlik asoslari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitilmoqda.

    Bundan tashqari, respublikaning 14 ta hududida “AyTi” texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularda dasturiy injiniring, kompyuter injiniring, axborot xavfsizligi, telekommunikatsiya texnologiyalari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 8 ming nafarga yaqin o‘quvchilar o‘qitilmoqda.

    Mazkur texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilari o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘lishadi.

    Bundan tashqari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 6 ta hududiy (Nukus, Urganch, Qarshi, Samarqand, Farg‘ona, Nurafshon) filiallarida malakali oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 15 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 33 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

    Shuningdek, filiallarda 5 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 3 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida bugungi kunda 1 000 nafarga yaqqin professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib, ularda jami 21 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda.

    Raqamli texnologiyalarning rivojlanish tendensiyasidan kelib chiqib, joriy o‘quv yilda ushbu universitetda sun’iy intellekt, mexatronika va robototexnika, kiberxavfsizlik injiniringi kabi jami 10 dan ortiq yangi yo‘nalishlar tashkil qilindi.

    Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari qoshidagi 6 ta akademik litseylarning “Aniq fan-1(texnika)” va “Aniq fan-2 (iqtisod)” yo‘nalishlarida 3 minga yaqin o‘quvchilar tahsil olmoqda.

    Shu bilan bir qatorda, “AyTi” soha uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

    Toshkent shahridagi Inxa universitetida 2 ta (Kompyuter va dasturiy injiniring, Logistika) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 1 ta (Raqamli transformatsiya) magistratura mutaxassisligida jami 1709 nafar talaba taxsil olmoqda. Shu bilan birga ushbu talabalarga 36 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda.

    Toshkent shahridagi Amiti universitetida 5 ta (Iqtisodiyot, Turizm boshqaruvi, Biznes boshqaruvi, Axborot texnologiyalari, Kompyuter fanlari va injiniringi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 1 ta (Axborot texnologiyalari) magistratura mutaxassisligida jami 1000 nafar yaqin talaba taxsil olmoqda. Shu bilan birga ushbu talabalarga 23 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati