eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
    13.01.2022

    Toshkent shahridagi Inha universitetida “O‘zbekistonning xalqaro reytingini oshirish ko‘rsatkichlari va metodologiyasi tahlili asosida elektron hukumatni rivojlantirish” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir belgilangan mavzu doirasidagi tadqiqot natijalari, shuningdek, O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamlashtirish masalalariga bag‘ishlangan eng yaxshi maqola tanlovi natijalarini sarhisob qilishga bag‘ishlandi.

    Ilmiy seminar doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muxitdinov, shuningdek, tanlovga yuborilgan eng yaxshi maqola mualliflari ishtirok etdilar.