Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Digital Cityni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 28-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hududlarda AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, sohadagi mavjud yutuq va kamchiliklarni o‘rganish  maqsadida Andijon viloyatiga bordi.

28.04.2022

“Xalqaro AKT sohasida ayollar kuni” munosabati bilan Ayollar va yoshlar uchun raqamli ko‘nikmalar markazi ish boshladi

AKT sohasida ayollarning rolini oshirish hamda xotin-qizlarni axborot texnologiyalar sohasida ishlashga jalb etish maqsadida har yili aprel oyining to‘rtinchi payshanbasida Xalqaro AKT sohasida qizlar kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun, 28-aprel kuni Ayollar va yoshlar uchun raqamli ko‘nikmalar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

28.04.2022

Andijonda AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz yoki sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyuring

Andijonda AKT sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, muammoli masalalarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri  Sh. Shermatov hamda vazirlikning  viloyatdagi  korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida 2022-yil 29-aprel kuni soat 15:00 da fuqarolar bilan ochiq sayyor qabul o‘tkaziladi.

28.04.2022

Mastercard rahbariyati bilan O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes faoliyatida xalqaro moliyaviy xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Mastercard moliyaviy xizmatlar korporatsiyasining Yevrosiyo mintaqaviy ofisi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

28.04.2022

“Trend Micro” va “Integra” kompaniyalari rahbariyati bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Trend Micro va Integra kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

27.04.2022

Latviya kompaniyalariga uchinchi mamlakatlarga eksport hajmini oshirish uchun birgalikda ishlash taklif etildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Reynis Troksha boshchiligidagi Latviya IT-kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

27.04.2022

AKT vazirligi va “Megafon” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Megafon” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

25.04.2022

TATU Qarshi filialiga qarashli foydalanilmayotgan kollej binolarini Xalq ta’limi vazirligiga berish va ulardan maktab sifatida foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filialiga qarashli Kasbi, Mirishkor, Nishon tumanlarida joylashgan o‘quv muassasalariga tashrif buyurdi.

22.04.2022

Yoshlarni IT sohasiga qiziqishini oshirish va bu borada ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryoga amaliy tashrifi doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialiga qarashli Mirishkor, Nishon hamda Kasbi tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlariga tashrif buyurdi.

22.04.2022

Oliy Majlisi Senatida “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuninning dastlabki muhokamasi bo‘lib o‘tdi (RASMIY BAYONOT)

Joriy yil 21-aprel kuni Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

22.04.2022