Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yoshlarni IT sohasiga qiziqishini oshirish va bu borada ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berildi
    22.04.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryoga amaliy tashrifi doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialiga qarashli Mirishkor, Nishon hamda Kasbi tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlariga tashrif buyurdi.

    Markazlardagi uchrashuv chog‘ida AKT vaziri o‘quv sifatini oshirish, o‘quvchilarning ko‘proq xorijiy tillarni o‘rganib, mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalarda faoliyat yuritishini hozirdan o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, o‘quvchilarni IT sohasiga keng jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Avvalo, Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fanga keng jalb etish, ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirishga, kelajakda yetuk IT mutaxassislarni yetishtirib chiqarishga qaratiladi.

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazlarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar.

    Shuningdek, AKT vaziri o‘quv markazlarida yoshlarning IT sohasiga qiziqishini oshirish, ularning bu boradagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. AKT sohasida yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun ta’lim sifatini oshirishga bor kuch-g‘ayratni ishga solish zarurligi ta’kidlandi.

    Manba: Axborot xizmati