Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Xalqaro AKT sohasida ayollar kuni” munosabati bilan Ayollar va yoshlar uchun raqamli ko‘nikmalar markazi ish boshladi
    28.04.2022

    AKT sohasida ayollarning rolini oshirish hamda xotin-qizlarni axborot texnologiyalar sohasida ishlashga jalb etish maqsadida har yili aprel oyining to‘rtinchi payshanbasida Xalqaro AKT sohasida qizlar kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun, 28-aprel kuni Ayollar va yoshlar uchun raqamli ko‘nikmalar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu loyiha Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining IT-Park ishtirokidagi qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etildi.

    Asosiy maqsad kelgusida ayol va qizlarni ko‘proq AKT sohasiga jalb qilish hamda mutaxassis bo‘lishga targ‘ib etishdan iborat.

    Markaz ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

    Dastlab mehmonlar markazda yoshlar, ayol-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Ularga AKT sohasida tahsil olayotgan talaba qizlar tomonidan yaratilgan startap loyihalar taqdim etildi.

    AKT vaziri birinchi o‘rinbosari u yerda mavjud imkoniyatlarni ko‘zdan kechirib, markazning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

    Shuningdek, shu kunning o‘zida Toshkent shahridagi Inha universitetida “Xalqaro AKT sohasida ayollar kuni”ga bag‘ishlab xotin-qizlar bilan muloqot ham tashkil etildi.

    Muloqot davomida bugungi kunda IT sohasida ham ayollarga yetarlicha imkoniyatlar yaratib berilayotgani va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. 

    Manba: Axborot xizmati