Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Toshkent shahridagi Vebster universiteti rahbariyati bilan axborot texnologiyalari sohasida ta’lim yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 13-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Toshkentdagi Vebster universitetining Xalqaro kompuslar bosh direktori Rayan Gaffi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

13.07.2022

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi butun O‘zbekiston aholisini Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi barcha yurtdoshlarimizni insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik bayrami - Qurbon hayiti bilan samimiy qutlaydi.

08.07.2022

Xalqaro IT sertifikatlarini olgan yoshlarga xarajatlarning yarmi qaytarib beriladi

Xalqaro IT-sertifikatlarini olishda rag‘batlantirish tizimi mamlakatimiz yoshlarining muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi va o‘z ustida ishlash uchun sharoit yaratish, salohiyatini oshirish, shuningdek, davlatimiz yanada rivojlantirish manfaatlarida foydalanish uchun joriy etildi.

08.07.2022

Raqobat muhitini yaxshilash orqali aholi va tadbirkorlarni keng polosali internetga ulashni jadallashtirish va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha operator va provayderlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida Keng polosali maʼlumot uzatish tarmoqlarining holatini tahlil qilish va ularni yanada yaxshilash hamda shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan operator va provayderlar faoliyatini rivojlantirish maqsadida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

07.07.2022

O‘zbekiston Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 7-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisining maxsus vakili J. Charlz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

07.07.2022

Endi avtomobil haydashda ishonchnoma olish uchun notariusga borish shart bo‘lmaydi

“Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

07.07.2022

Yo‘qotilgani aniq bo‘lgan hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotnomani bir kunda olish imkoniyati yaratildi

Kutilmaganda eng kerakli hujjatni yo‘qotib qo‘ydingiz. Hujjat ayni vaqtda sizga judayam zarurmi? Uni qayta tiklash imkoni bor.

06.07.2022

O‘zbekiston–Germaniya biznes forumi doirasida Germaniyalik ishbilarmonlar bilan AKT sohasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama etildi

Bugun, 5-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston–Germaniya ishbilarmonlar kengashi (GUDS) 6-yig‘ilishi doirasidagi biznes-forum boshlandi.

05.07.2022

Shahrixonda telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish kengaymoqda

“O‘zbektelekom” AK tomonidan joylarda aholini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan faoliyatlar natijasida yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari rivojlanmoqda.

05.07.2022

AKT vaziriga yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda O‘zbekistonni Mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha maslahatchi tayinlandi

Kamola Shavkatovna Sobirova O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

04.07.2022