Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston–Germaniya biznes forumi doirasida Germaniyalik ishbilarmonlar bilan AKT sohasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama etildi
    05.07.2022

    Bugun, 5-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston–Germaniya ishbilarmonlar kengashi (GUDS) 6-yig‘ilishi doirasidagi biznes-forum boshlandi.

    Forum 5-6-iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejаlashtirilgan.

    Ushbu yig‘ilishdan asosiy maqsad - oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holatini muhokama qilish, mamlakatimizning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, biznesini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish, shuningdek, germaniyalik sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishga ko‘maklashishdan iborat.

    Ushbu forum ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov, shuningdek, respublika vazirlik rahbarlari va yuqori lavozim vakillari ishtirok etdi.

    Forum doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov germaniyalik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Unda bir nechta muhim masalalar, jumladan, O‘zbekistonda IT sohasini yanada rivojlantirish va unga ko‘maklashish, mamlakatda IT eksport hajmini oshirish, shuningdek, BPO markazlari faoliyatini kengaytirish va ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

    Shu bilan birga, uchrashuvda mamlakatimiz iqtisodiyotiga Germaniyaning sarmoya, tajriba va innovatsion texnologiyalarini jalb qilish bo‘yicha masalalarga ham e’tibor qaratildi.

    Manba: Axborot xizmati